Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikki nafar polvonimiz qozoq diyoridan medal bilan qaytdi
11:11 / 2019-05-27

25-26 may kunlari qo‘shni Qozog‘istonning Olmaota shahrida yunon-rim kurashi bo‘yicha B.Turlixanov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir o‘tkazildi.


25-26 may kunlari qo‘shni Qozog‘istonning Olmaota shahrida yunon-rim kurashi bo‘yicha B.Turlixanov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir o‘tkazildi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, unda mezbonlardan tashqari O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Rossiya kabi mamlakatlardan sara polvonlar ishtirok etdi. E’tiborlisi, ushbu turnirda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar a’zosi bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Jumladan, 60 kg.gacha vazn toifasida gilamga chiqqan Islom Bahromov yarim finalgacha bo‘lgan yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tdi, biroq final ostonasida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 
Bahromov bronza medali uchun kechgan kurashda mezbonlar vakilini mag‘lub etdi hamda shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

Shuningdek, 67 kg.gacha bo‘lgan vazndagi polvonlar orasidagi bellashuvlarda yana bir hamyurtimiz Aram Vardanyan ham 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. U 1/8 finalda mag‘lubiyatga uchragan edi, ammo raqibining finalgacha yetib borishi unga bronza medali uchun kurashish imkoniyatini yaratdi. 
Hamyurtimiz esa bu imkoniyatdan unumli foydalandi va yakunda yurtimizga medal bilan qaytadigan bo‘ldi.