Bugun Berlinda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Germaniya biznes forumida ishtirok etgan Mittelstand prezidenti Markus Yerger ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning joriy holati xususida to‘xtaldi.
– O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashrifi Germaniya iqtisodiyoti, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes tadbirkorligi uchun juda muhim, deb hisoblayman. Mamlakat hukumati vakillari va Germaniya kompaniyalari o‘rtasidagi almashinuvni rivojlantirish zarur.
O‘zbekistonda biznes istiqbollarini o‘rganishga arziguli islohotlar mavjud, shu bois yaqin kelajakda tadbirkorlar bilan O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtiryapmiz.
Prinsipial jihatdan olib qaraganda, mamlakatingiz bilan barcha sohalarda hamkorlik qilishdan manfaatdormiz. Germaniya kompaniyalari xomashyo xarid qilish uchun yangi bozorga, ayniqsa, kichik va o‘rta korxonalar yangi hududda savdoni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, o‘z mahsulotini sotish uchun yangi bozorga muhtoj.
Uyushmamiz paxtachilik, to‘qimachilik, g‘ayritabiiy xomashyoni qayta ishlashdan boshlab ko‘plab tarmoqlar jadal rivojlanayotgan O‘zbekistonga turli sohalardagi bir nechta kompaniyalarni delegatsiya safariga o‘zi bilan olib bormoqchi.
O‘ylaymanki, hozirda Prezident tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy siyosat O‘zbekiston bozorini ochish, ayniqsa, Yevropa yoki Germaniya kompaniyalarining mamlakatga kirishi uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu bois islohotlar dasturi mamlakatingiz uchun juda muhim. Biz nemis va o‘zbek kompaniyalari o‘rtasida bozor ochish, ikki mamlakat ishbilarmonlari yanada faol hamkorlik qilish tarafdorimiz.
Behruz Xudoyberdiyev tayyorladi.
O‘zA