French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikki maktabga ikki buyuk ijodkor nomi berildi
17:15 / 2021-07-23

Prezidentimizning shu yil 7 apreldagi “Kinematografiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda soha vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib sharoit yaratish to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “2021-2022 yillarda milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish yo‘l xaritasi”da milliy kinematografiya san’atining rivojlanishiga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shgan kino arboblar xotirasini abadiylashtirish, jumladan umumta’lim maktablariga sohaning taniqli namoyandalari nomlarini berish belgilangan edi.

 Shundan kelib chiqib, Samarqand shahridagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga taniqli rejissyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Damir Salimov, Kattaqo‘rg‘on shahridagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga esa O‘zbekiston xalq artisti Bahodir Yo‘ldoshev nomi berildi.

 Birinchi o‘zbek multfilmlari muallifi va rejissyori, o‘nlab badiiy va hujjatli filmlar yaratgan Damir Salimov 1937 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan.

 1945 yilda Kattaqo‘rg‘on shahrida tavallud topgan Bahodir Yo‘ldoshev ham o‘zbek milliy teatr va kino san’ati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ijodkor, ommaviy bayram tomoshalarining mahoratli rejissyori sifatida xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan inson edi.

 Ta’lim muassasalariga bu ikki buyuk ijodkor nomining berilishi ularning ijodiy merosini o‘rganish hamda xotirasini abadiylashtirishga xizmat qiladi.

 G‘.HASANOV, O‘zA