Ikki jurnalist amnistiya boʻyicha ozod qilindi
Myanmada davlat siri toʻgʻrisidagi qonunni buzganlikda aybdor deb topilib yetti yil qamoqqa hukm qilingan Reuters agentligining ikki jurnalisti amnistiya boʻyicha ozod qilindi.
Myanmada davlat siri toʻgʻrisidagi qonunni buzganlikda aybdor deb topilib yetti yil qamoqqa hukm qilingan Reuters agentligining ikki jurnalisti amnistiya boʻyicha ozod qilindi.
Va Lon va Soye Oo 2017 yil dekabrida mamlakatdagi musulmonlarni oʻldirilishi boʻyicha material toʻplayotganlarida ushlangan va qamoqda besh yuz kundan ortiq boʻlishdi.
Reuters bosh muharriri Stiven Adler jurnalistlarning ozod etilishini olqishladi hamda hamkasblari ramzga aylangan matbuot erkinligining muhimligini taʼkidladi.
Qamoqxonani tark qilar ekan Va Lon ishini sogʻinganini aytdi.
Va Lon va Soye Ooning ozod qilinishini BMT, Yevropa Ittifoqi va ayrim xalqaro tashkilotlar talab qilgan edi.
Aprel oyida Myanma Oliy sudi avval chiqarilgan hukmni oʻz kuchida qoldirgan edi. Bu qaror Jurnalistlarni himoya qilish Xalqaro qoʻmitasi tomonidan tanqid qilindi.
2017 yil avgustida Arakana roxinjalarini qutqarish Armiyasi guruhining jangarilari Myanma politsiyasi xodimlariga hujum qildi va bir necha kishini oʻldirdi.
Bunga javoban hukumat kuchlari mamlakat shimolidagi Rakxayn shtatida maxsus amaliyot boshlab yubordi. Mintaqada mahalliy musulmon-roxinjalarni taʼqib qilish boshlandi, ularning 650 mingi qoʻshni Bangladeshga qochib ketishga majbur boʻldi.
Va Lon va Soye Oo Rakxayn shimolida oʻnlab musulmonlarning oʻlimida harbiylarning aloqasini surishtirayotgan edi.