Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikki haftada 100 mingdan ortiq daraxt changdan tozalanadi
15:17 / 2025-11-26

So‘nggi kunlarda kuzatilayotgan havo ifloslanishini kamaytirish, atmosferada chang va zaharli gazlar ko‘payishining oldini olish maqsadida Samarqand viloyatida ham zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Maxsus texnikalar yordamida ko‘cha va yo‘l bo‘ylarini namlantirish tashkil etilib, aholi gavjum bo‘ladigan hududlar, ko‘chalarda muntazam ravishda suv sepilmoqda, daraxtlar yuvilyapti.

– Samarqand shahridagi ko‘chalarga suv sepish, daraxtlarni yuvish ishlari tumanlarga ham ko‘chdi, – deydi Samarqand viloyat ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi mas’ul xodimi Sherali Iskandarov. – Shahar va tumanlar markazidagi favvoralar kunduz kunlari ishlatib qo‘yilmoqda. Ikki hafta ichida 100 mingdan ortiq daraxtni tozalash rejalashtirilgan bo‘lib, bu ishga 150 ga yaqin maxsus texnika jalb qilingan.

Bu ishlar bilan birga aholining ekologik madaniyatini oshirish, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamaslik bo‘yicha tushuntirish-profilaktika ishlari olib borilmoqda.

Mazkur tadbirlar “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilayotgan bir paytda bajarilayotgani aholi, ayniqsa, yoshlarda tabiatga, o‘simlik dunyosiga mehr paydo bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri