Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikki dzyudochimiz “Qingdao Grand Prix – 2025” turnirida ishtirok etadi
09:24 / 2025-09-24

Xitoyning Sindao shahrida 26-28 sentyabr kunlari dzyudo bo‘yicha Gran-pri turniri tashkil etiladi. Unda dunyoning 26 davlatidan jami 205 nafar dzyudochi medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan ochkolar uchun bahs olib boradi.

“Qingdao Grand Prix – 2025” turnirida O‘zbekiston terma jamoasining ikki yetakchi dzyudochisi – Shahram Ahadov va “Parij-2024” Olimpiadasi sovrindori Alisher Yusupov ishtirok etadi. Terma jamoamizning qolgan dzyudochilari Chexiyaning Praga shahrida 27-28 sentyabr kunlari o‘tkaziladigan Yevropa ochiq kubogiga yo‘l oladi.

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari Slovakiyaning Bratislava shahrida mazkur musobaqalar va yil oxirigacha o‘tkaziladigan xalqaro turnirlarga tayyorgarlik ko‘rdi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA