English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikki dzyudochimiz medal uchun bellashadi
13:06 / 2023-06-25

Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnir keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tmoqda.

Musobaqaning so‘nggi kunida og‘ir vazn toifalaridagi dzyudochilar raqobatga kirishadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining ikki vakilasi medallar hamda reyting ochkolarini jamg‘arish uchun bellashadi. 

Dzyudochi-qizlarimizning ilk raqiblari: -78 kg. vazn toifasida Irisxon Qurbonboyeva – Mami Umeki (Yaponiya), +78 kg. vaznda Rinata Ilmatova – Adiyasuren Amarsaixan (Mo‘g‘uliston).

Eslatib o‘tamiz, mazkur turnirda -52 kg. vazn toifasida kurashgan Diyora Keldiyorova shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olib, ushbu natija orqali sportchimiz jahon va Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun o‘z hisobiga 500 ochko yozib qo‘ygan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA