Ikki davlat Kiyevga muhim qurol yetkazib beradi
Germaniya va AQSH Ukrainaga besh to‘plam "Patriot" havo mudofaasi tizimi yetkazib berishga qaror qildi. Bu haqda GFR mudofaa vaziri Boris Pistorius Ukraina mudofaasi aloqa guruhi yig‘ilishida ma’lum qildi. Uning aytishicha, mazkur kelishuvga Qo‘shma Shtatlar mudofaa vaziri Pit Xegset bilan Vashingtonda o‘tgan so‘nggi uchshrashuv davomida erishilgan.
Bu yordam Rossiyaning Ukrainaga qarshi uzoq masofaga uchadigan raketa va dron zarbalari kuchaygan paytga to‘g‘ri keldi. Ballistik raketaga qarshi samarali himoya vositasi sifatida "Patriot" dunyodagi eng ilg‘or tizimlardan biri hisoblanadi.
Musulmon Ziyo, O‘zA