Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikki buyuk shoir yod etildi
20:41 / 2024-02-09

FOTOREPORTAJ

Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari Sirdaryo viloyatida ham ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi kuniga bag‘ishlangan ana shunday tadbirlardan biri Boyovut tumanining 40-umumta’lim maktabida tashkil etildi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari, maktab jamoasi, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

[gallery-15895]

Tadbirda so‘z olgan maktab direktori Asqarali Odilov ikki buyuk shoirning sermazmun hayoti va boy ijodiy merosi haqida so‘z yuritdi. Asarlaridagi ma’naviy-tarbiyaviy jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.

O‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallari va ruboiylaridan namunalar o‘qildi. Sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA