“Ikki buyuk hikmat, ikki xushzabon”
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati Muborak tuman bo‘linmasi, tuman axborot-kutubxona markazi, tuman madaniyat bo‘limi, 11-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda tumandagi harbiy qismlar hamkorligida she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi va shoh hamda shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan “Ikki buyuk hikmat, ikki xushzabon” nomli ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida tumandagi iste’dodli yoshlar tomonidan Navoiy va Bobur asarlari asosida sahnalashtirilgan badiiy chiqishlar namoyish etildi, g‘azal va ruboiylar ifodali o‘qildi. Shuningdek, ikki buyuk mutafakkir ijodiga bag‘ishlangan qo‘shiqlar ijro etilib, tadbir ishtirokchilariga o‘ziga xos ma’naviy kayfiyat bag‘ishladi.




Tumanda Navoiy va Bobur merosini keng targ‘ib qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri