French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikki baydarkadachimiz jahon chempionatida shohsupa ko‘tarildi
13:22 / 2024-07-19

Avval xabar berganimizdek, Bolgariyaning Plovdiv shahrida U18, U23 yosh toifalarida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqada O‘zbekiston o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari sportchilari ishtirok etayotir.

Jahon chempionati yakkalik bellashuvlarining baydarka qayig‘ida 1000 metr masofada eshkak eshishda Arina Tanatmisheva (U23) oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Shahrizoda Mavlonova (U18) bronza medaliga ega chiqdi. Chempionat 21 iyul kuniga qadar davom etadi.   

Eslatib o‘tamiz, ushbu jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida yosh baydarkachilarimiz Bolgariyada xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazgan edi.   

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA