Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IKA bosh kotibi ishdan ketdi
21:11 / 2022-05-31

Bugun, 31 may kuni Toshkentdagi Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) bosh qarorgohida umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda IKA telegram tarmog‘i xabar tarqatdi.

Yig‘ilishni onlayn tarzda olib borgan IKA prezidenti Haydar Farmon Xalqaro kurash assotsiatsiyasi rahbariyatining tuzilmasida o‘zgarish ro‘y berganligini ma’lum qildi.

Xalqaro kurash assotsiatsiyasi bosh kotibi Umid Yoqubov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan o‘z lavozimini tark etganligi e’lon qilindi.

IKA texnik direktori Muhammad Rizo Nassiri kelasi yilgi saylovlarga qadar IKA Bosh kotibi vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganligi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Umid Yoqubov 22 yilga yaqin vaqtdan beri Xalqaro kurash assotsiatsiyasi bosh kotibi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

O‘zA