Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy yo‘nalishdagi masalalar qo‘mita e’tiborida bo‘ldi
11:57 / 2026-01-28

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi faoliyatiga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda qo‘mita tomonidan o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2026 yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar yuzasidan ommaviy axborot vositalari vakillariga ma’lumot berildi.

Qo‘mita raisi Nazira Muxtorovaning ta’kidlashicha, qo‘mita o‘tgan yildagi faoliyati davomida 22 ta qonun loyihasi uchun mas’ul bo‘lib, ularning 19 tasi qabul qilindi va Senatga yuborildi. Donorlik harakatini qo‘llab-quvvatlash, yod yetishmasligi kasalliklarining oldini olish, aholi bandligi va mehnat migratsiyasi, ijtimoiy xizmatlar tizimini takomillashtirish, retsept bilan beriladigan dori vositalarining noqonuniy aylanmasi uchun javobgarlikni kuchaytirishga oid qonunlar shular jumlasidan.

[gallery-27333]

— Qo‘mitamiz faoliyati davomida parlament nazoratining ta’sirchan mexanizmlaridan ham samarali foydalanib, 13 ta nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdi, — dedi qo‘mita raisi. — Qo‘mita majlislarida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotlari eshitildi. Shuningdek, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning ijro etilish holati, kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan dasturlarning amalga oshirilishi, mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish va xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi vazifalarning ijrosi bir qator viloyatlar misolida nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.

Matbuot anjumanida qayd etilganidek, hisobot davrida qo‘mitaga jami 511 ta fuqarolar murojaati kelib tushib, ularning aksariyati ijobiy hal etildi. Ularning aksariyatini ijtimoiy himoya, tibbiyot, uy-joy masalalaridagi murojaatlar tashkil qiladi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan yo‘llanayotgan murojaatlarda qonun hujjatlari normalarini takomillashtirishga doir takliflar salmog‘i ham ortgan. Asosli taklif jo‘natgan fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, qator takliflar qonun loyihalarida aks ettirildi.

Ochiq muloqotda qo‘mitaning kelgusidagi rejalari haqida ham axborot berildi. Jumladan, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunning ijrosi Surxondaryo viloyati, Yangi O‘zbekiston qiyofasi kirib boradigan 33 ta tuman va 330 ta mahallada yangi yondashuvlar asosida tashkil etilayotgan markazlarni Toshkent viloyati misolida nazorat-tahlil tartibida o‘rganish rejalashtirilgani qayd etildi.

Ochiq muloqotda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi.

Muhtarama Komilova,  

Asliddin Alijonov (surat),

O‘zA