Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy xodimlarga zamonaviy texnika
15:11 / 2026-01-19

Buxoro viloyati Olot tumanida aholiga kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy xodimlar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida tuman hokimi tomonidan ijtimoiy xodimlarga 20 dona zamonaviy kompyuter jamlanmalari topshirildi.

Mazkur texnik vositalar ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish jarayonida tezkorlik va aniqlikni ta’minlash, ma’lumotlar bilan ishlashni soddalashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan yordam sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalar bilan ishlashda ushbu texnikalar muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirda ijtimoiy xodimlarga yangi texnik imkoniyatlardan samarali va maqsadli foydalanish, axborot tizimlari orqali murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish, aholi muammolarini o‘rganish va ularning yechimini topishda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Bugun aholiga yaqin, qulay va samarali ijtimoiy xizmatlarni tashkil etishda ijtimoiy xodimlarning o‘rni beqiyos. Ular uchun yaratilayotgan bunday shart-sharoitlar mas’uliyatni yanada oshirib, xizmatlar sifati va natijadorligini yangi bosqichga olib chiqishiga xizmat qilishi shubhasiz.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.