Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy xodimlar rag‘batlantirildi
11:32 / 2025-10-03

FOTOREPORTAJ

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyati boshqarmasining kichik majlislar zalida boshqarma boshlig‘i Ibrohim Hojiyevning ijtimoiy xodimlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda viloyatning eng faol va tashabbuskor 25 nafar ijtimoiy xodimi ishtirok etdi. Suhbat davomida mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, faoliyati doirasidagi ayrim kamchilik va muammolar ham muhokama qilindi. 

Tadbirning asosiy qismida Agentlik direktori Mansurbek Olloyorov barcha ijtimoiy xodimlarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

[gallery-25581]

Tadbirda so‘z olgan ishtirokchilar ijtimoiy xodimlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor uchun o‘z minnatdorchiligini aytib, kelgusida ishonchni oqlashga, xizmatlar darajasi va ko‘lamini yanada oshirishga astoydil harakat qilishini bildirdi.

Hotam MAMADALIEV  (surat), O‘zA