Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy xodimlar el xizmatida (+video)
09:56 / 2024-07-12

Inson qadri ulug‘lanayotgan mamlakatimizda Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etilib, aholining to‘liq ijtimoiy huquqlari ta’minlanmoqda.

Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida amalga oshirilayotgan ishlar ham bunga yaqqol dalildir. Inom Ziyoyev tumandagi Qorliq va Ipoq mahallalarida ijtimoiy xodim bo‘lib ishlaydi. U xonadonma-xonadon yurib, odamlarning dardu tashvishini tinglaydi. Lozim bo‘lganlariga ijtimoiy ko‘mak beradi.  

– Men 2011 yilda kasb-hunar kollejini tugatganman. 14 yildan buyon ishsiz edim, – deydi Ipoq mahallasida yashovchi nogironligi bor Abdurashid O‘rolov. – Uyimizga ijtimoiy xodimlar kelib, vaziyatni o‘rgandi. Menga tuman soliq idorasida ish borligini aytdi. Hujjatlarimni ARGOS orqali topshirib berdi. Suhbatdan o‘tdim. Bugungi kunda soliq inspeksiyasida ishlayapman. Ishim o‘zimga yoqadi. Oilaliman. Ishsizligimda qiynalar edim. Hozir uyimga daromad olib kelyapman.    

Inom Ziyoyev sohada ish boshlagach, aholi bilan tezda kirishib ketdi. Uning bu fazilati ularni qiynayotgan muammolarga yechim topishga yordam berayotir. U jamiyatda odamlar turli sabablar bilan darhol dardini sizga to‘kib solmasligini ham ilg‘ab oldi. Lekin, qayta-qayta borib, o‘z yaqinidek bo‘lib qolsangiz, baribir ko‘nglidagini to‘kib solar ekan, deydi ijtimoiy xodim.  

– Men Ipoq va Qorliq mahallasida ijtimoiy xodimman, – deydi Inom Ziyoyev. – Ipoq mahallasida xonadonlarning muammolarini o‘rganib yurganimda O‘ralov Abdurashidning xonadoniga ham keldim. Oilasi juda og‘ir ahvolga tushib qolgan. Men unga “Keys” menejmenti orqali dastlabki baholashni o‘tkazdim. Ishsizligi aniqlandi. Suhbat chog‘ida ishlash istagini bildirdi. Oltinsoy tumani soliq inspeksiyasida ish borligini taklif qildim. Hujjatlarida Abdurashid O‘ralovning ishsizligi aniqlandi. Hujjatlarini “vacancy.argos.uz” platformasiga kiritdik. Hozirgi kunda soliq inspeksiyasida ishlayotir. Ijtimoiylashuvi ta’minlandi.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/oq8KIO6Yom8" title="Ijtimoiy xodimlar el xizmatida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ayni paytda ijtimoiy xodim ikki mahalla aholisining eng yaqin ko‘makchisiga aylandi. Masalan, hududda yashaydigan 23 yoshdagi nogironligi bor ayolning bandligini ta’minlash uchun mahalla xotin-qizlar faoli bilan vaziyatini o‘rgandi. Ikki farzandning yolg‘iz boquvchisiga subsidiya asosida tikuv mashinasi olib berdi. Oilaning daromad manbai yaratildi. Hududda yashaydigan uch nafar nogiron farzandi bor oilaning oyoqqa turib olishiga ham ijtimoiy xodim sababchi bo‘ldi. Boshqa bir misol: imkoniyati cheklangan Firdavs Xolmamatov bolaligidan san’atga mehr qo‘ygan. Iste’dodli o‘quvchi bu yil o‘rta maktabni tugatdi. Musiqa bilim yurtiga hujjatlarini topshirdi. Inom Ziyoyev unga ham imkon darajasida ko‘maklashib, ma’naviy quvvat ulashayotir.  

Bularning barchasi yurtimizda inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlarning amaldagi yorqin ifodasidir.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri