Qish fasli bo‘lsa-da, Surxondaryo viloyati markazi – Termizda bahor nafasi esadi. Lekin, vohaning olis tog‘li qishloqlari oppoq qor og‘ushida ohista mudraydi.
Duoba, Dehbola, O‘rmoncha va Xo‘jayidod qishloqlari Termiz shahridan 220-230 chaqirim uzoqda joylashgan. Odamlari dilkash, samimiy, mehmondo‘st. Yilning qaysi faslida borsangiz ham quchoq ochib kutib oladi. Mamlakatimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar 6 mingdan ortiq aholi yashaydigan bu qishloqlarda ham ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi uchun imkoniyat yaratgan.
Mahallalarda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimlar o‘z hududidagi qiynalgan insonlarga har tomonlama yordam ko‘rsatib, ularning ijtimoiylashuvini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Bir kishining mushkulini yengillatish orqali ular butun oilaga quvonch bag‘ishlamoqda.
Boysun tumanidagi Duoba mahallasida 2570 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahalla ijtimoiy xodimi Botir Qosimov tomonidan aholi to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritilgan. Hozirgi kunda mahallada 7 ta “Keys menejment” mavjud bo‘lib, ulardan 4 tasi jarayonda va 3 tasi ijobiy hal etilgan.
[gallery-21573]
Mahalla fuqarolaridan biri, Zaynab Nasrullayevaning o‘g‘li baxtsiz hodisa tufayli soyga yiqilib, 1 guruh nogiron bo‘lib qolgan. Farzandini davolashga imkoniyati yo‘qligi sabab, mahalla ijtimoiy xodimiga murojaat bilan chiqqan. Ijtimoiy xodim bemorning davolanishi uchun kerakli mablag‘ni “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan ajratgan. Endilikda bemorga elektron nogironlik aravachasi olib berilishi rejalashtirilgan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/i2OND3K5b2E" title="Ijtimoiy xizmatlar olis hududlarga ham yetib bormoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat, video), O‘zA