Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy xizmat ehtiyojmandlarga ishonchdir
22:53 / 2025-06-14

Buxoro viloyati Vobkent tumani Ko‘lxatib mahallasida yashovchi Zubayda Astanova og‘ir ijtimoiy va ruhiy muammolar girdobida yashab kelayotgan edi. Uning o‘g‘li Muhriddin Tohirov nogiron bo‘lganligi sabab doimiy parvarish va e’tiborga muhtoj. Ammo, oilaning moddiy imkoniyatlari cheklangan.

Zubayda opa mahalla ijtimoiy xodimi Munira Jamilovaga murojaat etdi va shu sabab uning hayotida ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi.

Ijtimoiy xodim tomonidan Muhriddinga vaucher asosida harakatlanish imkonini beruvchi nogironlik aravachasi topshirildi. Bola salomatligini yaxshilash maqsadida tibbiy muassasaga yo‘llanma berildi. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan Muhriddin maktab formasi bilan ta’minlandi. Oilaning og‘ir moddiy ahvoli e’tiborga olinib, ro‘yxatga kiritildi va bola nafaqasi tayinlandi. Shu bilan birga Zubayda opa “Vobteks” MCHJga ishga joylashtirilib, oila daromadi barqarorlashtirildi. 

– Bu yordamlar orqasidan o‘zimizni jamiyatda yolg‘iz emasligimizni his qildik. Bolam ko‘chaga chiqyapti, o‘zim ishga boryapman. Yashashga, yashnatishga ishonch paydo bo‘ldi, – deya minnatdorlik bildiradi Zubayda opa.

 Bugun Ko‘lxatib mahallasida ijtimoiy xodimlar faolligi tufayli o‘z hayotini yangidan boshlayotgan oilalar soni ortmoqda. Munira Jamilova kabi fidoyi mutaxassislar og‘ir vaziyatga tushib qolgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlab, ularga suyanch bo‘lmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.