FOTOREPORTAJ
Bugungi shiddat bilan o‘zgarayotgan davrda ijtimoiy g‘oya va tashabbuslar kuchli hayotiy zaruratga aylangan. Kelajak egalari bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish, ularning g‘oya va tashabbuslarini tinglash maqsadida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Farg‘ona viloyat Kengashi tomonidan Bag‘dod tumanida “Ijtimoiy tashabbuslar kuni” aksiyasi tashkil etildi.
[gallery-24353]
- Bugungi tadbir nafaqat ochiq muloqot maydoni, balki yoshlar bilan fikr almashish, ularning dardu tashvishlari, orzu-maqsadlari, jamiyatga qo‘shmoqchi bo‘lgan hissasi bilan tanishish imkonini berdi, - deydi O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat Kengashi raisi, Yoshlar parlamenti raisi o‘rinbosari Shohruh O‘ktamov. - Asosiysi, aksiya yoshlarni amalda qo‘llab-quvvatlash, ularning yuragida tug‘ilgan ijtimoiy tashabbuslarni eshitish, ishonch bildirish, amaliy ko‘mak berish, kerak bo‘lsa, moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga zamin yaratadi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA