English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish madaniyati
16:49 / 2022-01-22

Buxoroda «Jurnalistlar, blogerlar va NNT vakillarining media savodxonligi va faktcheking bo‘yicha salohiyatini oshirish» yuzasidan trening tashkil etildi.

Trening O‘zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi tomonidan «Yoshlar va ijtimoiy tarmoqlar: internet madaniyati ko‘nikmalari va tarmoqlardan oqilona foydalanish» loyihasi doirasida amalga oshirildi.

– Mazkur treninglardan ko‘zlangan asosiy maqsad, yoshlar bilan ishlayotgan NNT vakillari va volontyorlarining mediasavodxonligini va faktcheking platformalardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish, – deydi media-trener Muhayyo Saidova. – Shuningdek, internet foydalanuvchilari o‘rtasida axborotni izlash va undan foydalanish hamda qayta ishlash ko‘nikmasini shakllantirish, buzg‘unchi guruhlar va radikal oqimlarning axborot uzatish yo‘nalishlari orqali yoshlar ongiga ta’sir o‘tkazishining oldini olishdan iborat.

[gallery-5539]

Ikki kun davom etgan treningda o‘quv jarayonlaridan tashqari,  qatnashchilar o‘rtasida Internetning destruktiv ta’siri, uning oldini olishda media savodxonlik masalalari bo‘yicha o‘quv qo‘llanmani tarqatish, loyiha mavzusi bo‘yicha trening qatnashchilari o‘rtasida eng yaxshi 3 ta poster bo‘yicha mini-tanlov o‘tkazildi.

Trening joriy yilning mart oyiga qadar Samarqand va Andijon shaharlaridagi hududiy OAV, NNT vakillari va blogerlar uchun ham o‘tkaziladi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA