Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarlar ushlandi
15:18 / 2025-11-10

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarga kredit limitini naqd pul qilib berishni va’da qilib, fuqarolardan olingan pullarni o‘zlashtirgan anonim shaxslar IIBB Kiberxavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Toshkent viloyati IIBB Tezkor qidiruv xizmati “Axborot sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi” tezkor xodimlari tomonidan viloyatning Ohangaron tumanida yashovchi 2005 yili tug‘ilgan fuqaro B.N. va uning uch nafar sheriklari qo‘lga olingan. Aniqlanishicha ular, Telegram messenjeri hamda Instagram ijtimoiy tarmog‘ida “limitlash xizmati” nomli sahifa ochib, fuqarolarga mikromoliya tashkilotlari tomonidan ajratilgan kredit limitlarini naqdlashtirib berishni va’da qilgan. 

Shu orqali gumondorlar o‘zlari ro‘yxatdan o‘tkazgan tadbirkorlik sub’ekti orqali onlayn savdo platformalarida faoliyat yuritib, fuqarolardan olingan jami 1 milliard 32 million so‘m miqdoridagi mablag‘larni aldov yo‘li bilan o‘zlashtirgan. 

Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararlarni undirish choralari ko‘rilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan. 

Ma’lumki, Toshkent viloyati bo‘yicha noyabr oyi davomida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” e’lon qilingan. Mazkur oylik doirasida, Axborot sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish va keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida viloyatda sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 44 foizini kiberjinoyatlar tashkil etmoqda. Ushbu jinoyatlarning asosiy qismi, zararli havolalar orqali bank karta yoki akkauntni egallab olish, tovar va xizmatlar uchun oldindan to‘lovni talab qiluvchi soxta bitimlar, soxta kripto birjalar orqali firibgarlik, o‘zgalar nomiga onlayn kredit olish, telefon qo‘ng‘iroqlari orqali aldov yo‘li bilan mablag‘larni o‘g‘irlash kabi holatlarni tashkil etadi. 

A.Musayev, O‘zA.