English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaroni obro‘sizlantirmoqchi bo‘lgan tovlamachi ushlandi
16:28 / 2022-08-10

Ijtimoiy tarmoqlar kim uchundir fikrlarini bayon qilish, kim uchundir zarur ma’lumotlarni topish, yana kim uchundir tovlamachilik maydoni.

Biroq, shaxsga doir ma’lumotlarni uning ruxsatisiz ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish qonun bilan taqiqlanadi. Ayniqsa, kimnidir obro‘sizlantirishga urinish javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Fuqaro D.U. boshqa bir fuqaro Z.ning qadr-qimmati va obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan fotosuratlarini internet ijtimoiy tarmoqlari orqali tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, evaziga undan 3 ming AQSH dollari talab qilgan.

Shundan 500 AQSH dollari va 4 dona tilla taqinchoqni olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kasbi tuman bo‘limi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zA