Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy tarmoqlar radikal g‘oyalarga qarshi qudratli vosita
14:41 / 2025-12-17

Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar axborot olish, muloqot qilish va fikr almashishning eng qulay vositasiga aylandi. Ular yoshlar hayotida alohida o‘rin egallaydi. Biroq bu platformada ijobiy imkoniyatlar bilan bir qatorda zararli, buzg‘unchi g‘oyalar ham keng tarqalmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, radikal guruhlar ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanib, yoshlarni aldov va manipulyatsiya yo‘li bilan o‘z g‘oyalariga jalb qilishga urinadi. Ular soxta adolat, yolg‘on diniy tushunchalar va hissiyotga ta’sir qiluvchi chaqiriqlar orqali inson ongini zaharlaydi. Bunday g‘oyalar jamiyat tinchligi va barqarorligiga jiddiy tahdid soladi.

Yoshlar jamiyatning eng faol va ta’sirchan qatlami sanaladi. Shu bois ularni buzg‘unchi g‘oyalardan himoya qilish va ongida radikal qarashlarga qarshi immunitet shakllantirish ustuvor vazifa hisoblanadi. Bu borada oila muhitining sog‘lomligi, huquqiy bilim va ongning rivojlanganligi, ta’lim sifati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ijtimoiy faollik va bandlik hamda ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish madaniyati muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijtimoiy tarmoqlardan ongli va mas’uliyatli foydalanish axborotni tahlil qilish, manbasini tekshirish va soxta xabarlarni farqlay olish imkonini beradi. Bu ko‘nikmalar yoshlarni radikal g‘oyalar ta’siridan himoya qiladi, tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.

Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri va ongli foydalanish yoshlar ongida radikal g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirishda asosiy vosita hisoblanadi. Oila, ta’lim muassasalari va jamoatchilik hamkorligida bu borada tizimli ishlar olib borilsa, jamiyatda tinchlik, barqarorlik va ijtimoiy rozilikni ta’minlash imkoni yaratiladi.

Farangiz Salohiddinova,

Guliston shahar IIB huzuridagi Terrorizmga

qarshi kurashish xizmati tezkor vakili, leytenant

O‘zA