Ijtimoiy tarmoq orqali o‘g‘rilik qilgan shaxs fosh etildi
Jizzax viloyati Arnasoy tumani "G‘afur G‘ulom" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi U.U. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, unga tegishli bo‘lgan bank plastik kartasidan noma’lum shaxs 750 ming so‘m yechib olganini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani "Chanoq" mahalla fuqarolar yig‘inida doimiy, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida vaqtincha ro‘yxatga olingan B.S. sodir etgani aniqlandi.
IIVdan ma’lum qilishlaricha, u bu ishni ijtimoiy tarmoq orqali amalga oshirgan. Undan 4 dona bank plastik kartasi hujjatlashtirib olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zA