Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy sug‘urta va ishsizlikdan himoya qilish masalalari muhokama qilindi
16:53 / 2025-11-28

Poytaxtimizda ijtimoiy himoya va mehnat bozorini rivojlantirishga qaratilgan eng dolzarb masalalar yuzasidan mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) “Sifatli ish o‘rinlari va mehnat sohasi kelajagi” loyihasi doirasida tashkil etildi.  

Seminarda Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari, shuningdek, Markaziy va Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan kelgan 50 ga yaqin ekspert ishtirok etdi.  

[gallery-26465]

Tadbirda ta’kidlanishicha, ijtimoiy sug‘urta tizimlarini modernizatsiya qilish, majburiy sug‘urta mexanizmlarini kuchaytirish va aholining harakatchanligi ortayotgan sharoitda moliyalashtirishning yangi yondashuvlarini joriy etish — mintaqadagi umumiy maqsadlardan biri. Shu bilan birga, Janubiy Koreya, Tailand, Malayziya kabi davlatlarning ilg‘or xalqaro amaliyoti mintaqa mamlakatlari uchun moslashtirish mumkin bo‘lgan samarali modellar sifatida taqdim etildi.  

— Avvalo, ushbu tadbirni tashkil etishda yaqindan hamkorlik qilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga o‘z minnatdorligimni bildiraman, — deydi Osiyo taraqqiyot banki vakili Omer Bin Ziya. —  Ijtimoiy sug‘urta va ishsizlik sug‘urtasi tizimlariga bag‘ishlangan mazkur mintaqaviy seminarni o‘tkazish biz uchun muhim tashabbus. Bugungi yig‘ilish Markaziy va G‘arbiy Osiyo mamlakatlari, shuningdek, taklif etilgan Sharqiy Osiyo davlatlarining tajribalarini o‘rganish, o‘zaro fikr almashish va samarali amaliyotlarni muhokama qilish uchun katta imkoniyat yaratadi. O‘zbekiston ijtimoiy himoya tizimini izchil mustahkamlash yo‘lida jiddiy islohotlarni amalga oshirmoqda. Hozirda ishlab chiqilayotgan “Ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun tez orada qabul qilinishi kutilmoqda. Bankimiz ushbu qonunni amaliyotga joriy etish jarayonida O‘zbekiston hukumatini to‘liq qo‘llab-quvvatlashga tayyor.  

Shahnoza Mamaturopova, Rustam Nazarmatov (surat), O‘zA muxbiri