Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy soha ob’ektlarining energiya samaradorligini oshirish – muhim masala
18:05 / 2025-09-09

Jahon bankining “O‘zbekiston binolari uchun toza energiya” - CEBU loyihasi doirasida Toshkent viloyatida ijtimoiy soha ob’ektlarining energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan kengaytirilgan seminar bo‘lib o‘tdi.

Energiya samaradorligi milliy agentligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda mahalliy energiya audit tashkilotlari, loyiha institutlari va soha mutaxassislari ishtirok etdi. 

Qayd etilganidek, “O‘zbekiston binolari uchun toza energiya” - CEBU loyihasi mamlakatda barqaror rivojlanish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Bunday tadbirlar mahalliy mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ijtimoiy ob’ektlarda energiya samaradorligini ta’minlash va umumiy iqtisodiy samaradorlikni yaxshilashda muhim qadamdir.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad esa energiya sarfini kamaytirish, qulay va barqaror yashash sharoitlarini yaratish hamda mahalliy mutaxassislarni zamonaviy xalqaro standartlar asosida ishlashga tayyorlashga qaratildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari orasida tajriba almashinuvi va hamkorlik yo‘llarini mustahkamlash imkoni ham yaratildi. 

Seminar davomida ishtirokchilar tender jarayonining asosiy bosqichlari, qatnashish shartlari va tender takliflarini sifatli tayyorlash bo‘yicha batafsil ma’lumotlar oldi. Shuningdek, ular tender savdolari mexanizmlari, hujjatlarni tayyorlashda xalqaro tajribalar va ijtimoiy soha ob’ektlarida energiya samaradorligini oshirish yuzasidan tushunchalarga ega bo‘ldi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA