Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ijtimoiy soha ob’ektlarida ham bosqichma-bosqich muqobil energiya uskunalarini o‘rnatish muhimligi ta’kidlandi.
Mutasaddilarga kelgusi yil Investitsiya dasturi mablag‘larining kamida 15 foizini shunday qurilmalarni o‘rnatishga yo‘naltirish topshirildi.
Bunda, yil yakuniga qadar 2 107 ta bog‘chada, 1 ming maktabda, 1 071 ta oilaviy shifokor punkti, poliklinika va shifoxonalarda, 1 ming mahallada tashkil etilayotgan yangi tibbiyot punktlarida, 200 ta sanatoriy va boshqa dam olish maskanlarida quyosh elektr panellari va suv isitish qurilmalari o‘rnatiladi.
Shu bilan birga, 2023 yildan:
– savdo-ko‘ngilochar komplekslar, madaniyat va istirohat bog‘lari, restoranlar, mehmonxonalar;
– supermarketlar, do‘konlar, bozorlar, savdo omborlari;
–avtomobillarga gaz va yoqilg‘i quyish stansiyalari;
– aeroport, temir yo‘l va avtobus vokzallari;
–xususiy ta’lim va tibbiyot tashkilotlari;
– tijorat banklari va ularning filiallari kamida 25 foiz issiq suv iste’moli va tashqi yoritishni muqobil energiya hisobidan qoplash talabi kiritiladi.
O‘zA