Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy soʻrovnoma: 60 foiz Janubiy koreyalik KXDR bilan birlashish tarafdori
13:07 / 2018-10-02

Ammo, Janubiy koreyalik fuqarolarning 34 foizi Koreya davlatlarining birlashuvi ulkan iqtisodiy yoʻqotishlar va ijtimoiy muammolar keltirib chiqaradi, deb hisoblaydi.


Ammo, Janubiy koreyalik fuqarolarning 34 foizi Koreya davlatlarining birlashuvi ulkan iqtisodiy yoʻqotishlar va ijtimoiy muammolar keltirib chiqaradi, deb hisoblaydi.

TASSning qayd etishicha, Seul davlat universiteti qoshidagi tinchlik va qayta tiklash markazi chop etgan ijtimoiy soʻrovnoma shu kabi natijalarni oʻz ichiga olgan.

Xabarda qayd etilishicha, 19 dan 74 yoshgacha 1200 respondent oʻrtasida oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovnomada ishtirokchilarning deyarli yarmi ikki mamlakatning birlashuvi Janubiy Koreya jamiyatiga foyda keltiradi, degan fikrni bildirgan. Respondentlarning 59,8 foizi (2007 yildagi Koreya davlatlari ikkinchi sammitidan beri eng yuqori koʻrsatkich) ikki davlatlarning istiqboldagi birlashuviga ijobiy munosabat bildirgan. Shuningdek, soʻrovnomada qatnashganlarning 45,1 foizi Koreya xalqlarining birligi tarafdori boʻlsa, 31,4 foizi urush tahdidini bartaraf etish zarurligini qayd etgan. 

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning oʻzida Janubiy va Shimoliy Koreya oʻrtasida uch marotaba sammit boʻlib oʻtdi. Dekabr oyida KXDR yetakchisi Kim Chen Inning Seulga tarixdagi ilk tashrifi kutilmoqda.