Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazorati
12:51 / 2023-05-12

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Tadbirda 2023 yilning 15 fevralidan 31 martigacha bo‘lgan muddatda e’lon qilingan davlat granti 1- va 2- tanlovlariga taqdim etilgan loyihalar ko‘rib chiqildi.  

– “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb etish” mavzusidagi birinchi davlat granti hamda “Mahallalarda obodlikni ta’minlash, tibbiy va ekologik madaniyatni yuksaltirishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish” mavzusidagi ikkinchi  davlat granti tanlovlari o‘tkazildi, – deydi viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi o‘rinbosari, ishchi guruhi rahbari Hamid Beshimov. – 2023 yil 15 fevraldan  31 martgacha  o‘tkazilgan ushbu tanlovlarga 18 ta nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining  boshqa institutlaridan 19 ta loyihalar taqdim etildi.  

Komissiya a’zolari tomonidan 7 ta loyiha g‘olib deb topildi.  Shuningdek, mazkur loyihalarni 50 million so‘mdan jami 349.7 million so‘mga moliyalashtirish bo‘yicha qaror qabul qilindi.  

Yig‘ilishda komissiya a’zolari tomonidan “Yoshlarni ma’naviy yetuk qilib tarbiyalash hamda bandligini taminlash” mavzusidagi davlat granti 3-tanlov yo‘nalishlari hamda mavzulari tasdiqlandi.  

Yig‘ilishda komissiyasi a’zolari tomonidan davlat granti tanlovlariga taqdim etilgan loyihalar bo‘yicha fikrlar, takliflar bildirildi.  

Jamiyatda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amaliyotga joriy etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.    

 

Zarif Komilov,  

O‘zA