Ijtimoiy reklama: ijtimoiy muammolar va axloqiy qadriyatlarga ta’siri
Shahzod Shuhrat o‘g‘li NORQULOV assistent Qarshi davlat texnika universiteti Qarshi, O‘zbekiston
Annotatsiya
Maqolada ijtimoiy reklamalarning inson ongi va jamiyat hayotiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilingan. Ularda ko‘tariladigan ijtimoiy muammolar, jumladan giyohvandlik, OITS, ekologik xavf-xatarlar, kashandalik, qochoqlar va diskriminatsiya masalalari misollar asosida yoritib berilgan. Shuningdek, ijtimoiy reklamalarning ruhiy ta’sir mexanizmlari, ularning axloqiy qadriyatlarni shakllantirishdagi o‘rni rivojlangan mamlakatlar misolida ko‘rib chiqilgan.
Tayanch so‘zlar: ijtimoiy reklama, jamoatchilik ongi, ijtimoiy muammolar, ruhiy ta’sir, axloqiy qadriyatlar, ekologik muammolar, diskriminatsiya, qochqinlar.