Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlov tadbirkorlikka yo‘l ochdi
Bugungi kunda mahalladagi ijtimoiy xodimlar tomonidan mahallasida nogironligi bo‘lgan hamda kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalarning bolalarini ta’lim olishi, kasb-hunarga o‘rganishi va ularni ijtimoiylashuvini ta’minlash bo‘yicha “kichik loyihalar” amalga oshirilmoqda.
Xususan, Qashqadaryoda o‘tgan 9 oy davomida 758 ta “kichik loyiha” amalga oshirilishi natijasida 706 nafar shaxs kasb-hunarga o‘qitilmoqda, 1 ming 745 nafarining bandligi ta’minlangan va 1 ming 219 nafari fan hamda sport to‘garaklariga jalb qilingan.



Jumladan, Yakkabog‘ tumanining “Yangiobod” mahallasida 3 ming 800 nafar aholi yashaydi. Nargiza Xolmirzayeva aynan shu mahallada istiqomat qiladi.


Ilgari uyda qandolatchilik bilan shug‘ullangan fuqaroga mahalladagi ijtimoiy xodim va faollar tomonidan bo‘sh turgan bino taklif etildi. Shu tariqa mazkur “kichik loyiha” natijasida fuqaroning faoliyati kengaydi. Hozirda 5 nafar ishsiz, kambag‘al oila vakillari ish bilan ta’minlandi.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri