Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy-ma’naviy barqaror muhit – osuda hayot garovi
15:28 / 2025-07-24

Surxondaryo viloyatida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va tuman, shahar hokimliklari hamkorligida “Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, mutaassiblik va radikallashuvning oldini olish” mavzuiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Hozirgi globallashuv jarayonlarida turli oqimlarning milliy o‘zligimiz, milliy qadriyatlarimizga zid bid’atlari ta’siridan saqlanish, kiyinish, yurish-turish, ibodatda buzg‘unchi yot g‘oyalarga uchmaslik ham jamiyatda muhim masalalardan biriga aylanmoqda. Bunday yot g‘oyalar ta’siriga berilmaslik uchun o‘zlikni unutmasdan, jamiyat taraqqiyotida foydali bo‘lgan dunyoviy ilmlarni o‘rganishning Islom dinidagi talqinini to‘g‘ri anglash, tinchlik va osoyishtalikning qadrini his etib yashash lozim.  

Muzrabot tumanida yoshlar va xotin-qizlar ishtirok etgan tadbirda shu haqda atroflicha so‘z yuritildi. Din ishlari bo‘yicha viloyat bosh mutaxassisi X. Mengnorov, “Imom Termiziy” xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari K.Jamahmatov, tuman hokimi o‘rinbosari M.Tog‘ayeva va boshqalar ishtirokchilarga yot g‘oyalardan himoyalanish, milliy kiyinish madaniyatini keng targ‘ib etish, internet imkoniyatlaridan oqilona foydalanish, ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish haqida taklif va tavsiyalarini bildirdi. Insonparvarlik dini bo‘lgan Islom dini buyurgan amallarga o‘zicha yondashib, yurish-turishi va noto‘g‘ri qarashlari bilan atrofdagilarga teskari ta’sir etishning salbiy oqibatlari to‘g‘risida fikr almashdi. Ishtirokchilarning mulohazalari tinglandi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri