Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy loyihalar insonlarga ko‘mak bermoqda
15:17 / 2026-01-29

Mamlakatimizda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga yordam ko‘rsatishga qaratilgan ijtimoiy loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi qaroriga muvofiq, ushbu toifadagi shaxslarga kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasi ajratildi. 

Mazkur qaror asosida Samarqand viloyatidagi “Rahmdillik” jamiyati hamda Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan “Oydin nur” nomli oilani ijtimoiy himoyalash markaziga jami 650 million so‘m miqdorida davlat ijtimoiy buyurtmasi yo‘naltirildi. 

Loyihalar doirasida 300 nafardan ziyod xotin-qizlar va ularning farzandlari kompleks ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olinishi rejalashtirilgan. 

Muhayyo Toshqorayeva, 

O‘zA.