Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy islohotlar — davlat siyosatining bosh mezonlaridan biri
13:00 / 2020-01-26

Muhtaram Prezidentimizning 2020-yilni “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon qilinishini bizni gʻoyat quvontirdi.


Muhtaram Prezidentimizning 2020-yilni “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon qilinishini bizni gʻoyat quvontirdi.

Negaki, bugun dunyo hamjamiyatida ilgʻor texnologiya va raqamli iqtisodiyot misli koʻrinmas darajada rivojlanayotgan bir davrda zamonaviy bilimlarga ega boʻlishimiz va ilm-maʼrifat yoʻlida doimo izlanishda boʻlishimiz bizning kelajagimizni belgilab beradigan asosiy mezonlardan biri boʻlib qolishi barchamizga sir emas.

Murojaatnomada taʼkidlab oʻtilgan “Aholini ijtimoiy himoya qilish Konsepsiyasi”ning ishlab chiqilishi lozimligi va tibbiy xizmat sifatini oshirish islohotlarini qatʼiyat bilan davom ettirilishi Oʻzbekiston Nogironlar jamiyatining aʼzolari va mamlakatimizda istiqomat qiluvchi 720 mingdan ortiq nogironligi boʻlgan shaxslarni quvontirmasdan qolmadi.

Bundan tashqari nogironligi boʻlgan shaxslar bilan ishlovchi NNT birlashmalariga soliqda imtiyozlar berilishi bu nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy tadbirkorlik faoliyatlarini yuritishiga va ular ish oʻrinlari bilan band boʻlishlariga yuksak darajada turtki boʻldi desam adashmayman.

Murojaatnomada davlat va jamiyat ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyani keng joriy etish, ishlar natijalarini oshishiga bu esa odamlarning turmush darajasini yaxshilashga koʻmak boʻlishini alohida taʼkidlab oʻtdilar.

Nogironligi boʻlgan shaxslar bilan ishlovchi jamoat birlashmalari ish faoliyatini qoʻllab-quvvatlanishi yurtimizda imkoniyati cheklangan fuqarolarni turmush darajasini yaxshilashga, ularning moddiy va maʼnaviy qoʻllab quvvatlashga asos boʻlib xizmat qiladi.

Komil Abdullayev,

Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati

raisi