Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ijtimoiy ish” yo‘nalishi bitiruvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
16:57 / 2026-02-12

Sir emaski, mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi tubdan taraqqiy etmoqda. Oz fursat mobaynida sohada erishilgan yutuqlar ijobiy va quvonarli tus olgan. Sohani yanada rivojlantirish maqsadida tadqiqotchilarga ijtimoiy himoya bilan bog‘liq mavzular yuzasidan izlanishlari uchun barcha zarur qulayliklar yaratilmoqda.

Xususan, oliygohlarda ijtimoiy ish yo‘nalishi tashkil etilib, malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o‘rinbosari S.Abdullayev ishtirokida 17 ta oliy ta’lim muassasasining mazkur  yo‘nalishda tahsil olayotgan bitiruvchi talabalari va professor-o‘qituvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida bitiruvchi talabalarning mahallalarda ijtimoiy xodim lavozimida ishlashga bo‘lgan istak va qiziqishlarini o‘rganish, ularni ish bilan ta’minlash masalalarida amaliy ko‘mak berish, shuningdek ta’lim, amaliyot va soha o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish bo‘yicha zarur tushuntirishlar olib borildi.

Muloqot mobaynida ish bilan ta’minlash va kadrlar siyosati, ta’lim va amaliyot integratsiyasi, ilmiy-tadqiqot va akademik hamkorlik, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, institutsional hamkorlik, shuningdek, ijtimoiy ish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, ta’lim va amaliyot uyg‘unligini kuchaytirish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda ijtimoiy himoya tizimiga raqobatbardosh mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan 25 dan ortiq takliflar bildirildi.

Mazkur takliflarni bosqichma-bosqich amalga oshirish orqali mahallalarda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada kuchaytirish mumkinligi ta’kidlandi.

Sherbek Islomov, O‘zA