Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy-hissiy ta’lim bo‘yicha trening boshlandi
14:46 / 2025-08-19

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan YUNESKOning yurtimizdagi vakolatxonasi, Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti bilan hamkorlikda o‘qituvchilar uchun Ijtimoiy-hissiy ta’lim (SEL) dasturi bo‘yicha o‘quv treninglariga start berildi.

Ushbu dastur ilk bor amaliyotga joriy etilmoqda hamda bu galgi o‘quvlarda 40 nafar ustoz o‘z bilim va mahoratlarini oshirishlari ko‘zda tutilgan.  

Dastur doirasida YUNESKOning rasmiy platformasida o‘zbek tilida joylashtirilgan “Ijtimoiy-hissiy murabbiy” nomli onlayn platformaning taqdimoti ham o‘tkazildi.  

[gallery-24827]

Joriy yilning 19 avgust kuni mazkur treninglarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda mas’ullar va ustozlar qatnashdi.  

Ikki kun davom etadigan o‘quv kurslarida “Rahmdillik (o‘z-o‘zini anglash, o‘ziga rahmdil bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish)”, “Ta’lim oluvchilar bilan sog‘lom munosabatlar o‘rnatish”, “Ijtimoiy-hissiy murabbiy” onlayn platformasi bilan tanishish va ishlash rejalashtirilgan.  

–Har bir inson turfa his-tuyg‘ularga hamroh bo‘lishi tabiiy, – dedi YUNESKOning Mahatma Gandi instituti eksperti Shreya Tivari. – His-tuyg‘ularni to‘g‘ri boshqara olish ta’lim jarayonini to‘g‘ri va samarali tashkil etishda muhim omil sanaladi. Ijtimoiy-hissiy ta’lim, eng avvalo o‘z tuyg‘ularini anglash, ularni boshqara olish va atrofdagilarga nisbatan g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lishni nazarda tutadi. Ijtimoiy ta’lim barcha uchun muhim sanaladi. Ushbu seminar davomida ijtimoiy-hissiy ta’limga oid asosiy jihatlar ishtirokchilar bilan batafsil muhokama etiladi.  

Seminarda ustozlar o‘quv mashg‘ulotlari doirasida sho‘’balarga bo‘lingan holda taqdimotlar bilan ishlaydilar va mazkur taqdimotlarni atroflicha tahlil etadilar. 

Nazokat Usmonova,  

Nosirjon Haydarov (surat),  

O‘zA muxbirlari