Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy himoyaning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda
12:05 / 2026-01-27

Ijtimoiy himoya xalqni rozi qilishning eng muhim omillaridan biridir. Binobarin, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev so‘nggi yillarda ayni masalaga alohida e’tibor qaratmoqda. E’tiborlisi, ijtimoiy himoyaning huquqiy asoslari ham mustahkamlanmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan 2025 yil 17 dekabrda imzolangan “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bunga misol bo‘la oladi.

Mazkur qonun asosida O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ham tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, kodeks 1988, 2159 va 24512-moddalar bilan to‘ldirildi. Yangi 1988-moddaga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning hududiy boshqarmalari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, shuningdek ularning qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarini bajarmaslik fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, fuqarolar bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslar esa o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima jazosiga tortiladi.

Kodeksning 2159-moddasi “Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlarni va ijtimoiy kafolatlarni ta’minlamaslik” deya nomlandi. Unga ko‘ra, ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikning arz qiluvchidan murojaatni qabul qilishni rad etganlikda, ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish chog‘ida murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini va muddatlarini buzganlikda, arz qiluvchidan qonunchilikda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib olganlikda, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlarni va ijtimoiy kafolatlarni ta’minlamaslikda ifodalangan tarzda buzilishi, shuningdek ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish milliy standartlariga rioya etmaslik mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima bilan jazolanadi.  

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Albatta, Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlariga huquqbuzarlarni tegishli ma’muriy javobgarlikka tortish vakolati ham berildi. Bu esa to‘ldirilgan 24512-moddada o‘z aksini topdi. Unda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlariga ushbu Kodeksning 472, 48, 511-moddalarida, 99-moddasining o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi qismlarida, 1988, 2159-moddalarida, 2415-moddasida (litsenziya berishda nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga Ijtimoiy inspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari, Ijtimoiy inspeksiya hududiy boshqarmalarining boshliqlari haqlidir.

Shuhratjon Qurbonov,

Namangan viloyat sudining sudyasi.