Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ID-kartalar topshirildi
16:37 / 2023-03-15

Qashqadaryo viloyati Koson tumani ichki ishlar bo‘limi binosida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan imkoniyati cheklangan va kam ta’minlangan fuqarolarga shaxsni tasdiqlovchi hujjat – ID-kartalar topshirildi.

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i va Koson tumani IIB boshlig‘i tashabbusi bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ushbu fuqarolarga ID-kartalarning davlat boji to‘lab berilgan bo‘lib, hujjatlarni olish uchun fuqarolar hech qanday to‘lovni amalga oshirmaydi.

Tadbir davomida Koson tumani IIB boshlig‘i Ilhom Qutlimuratov ishtirok etib, ID-kartalarni o‘z egalariga topshirdi.

O‘lmas Barotov, O‘zA