Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy himoya – uning hayot yo‘li
16:08 / 2026-03-06

FOTOREPORTAJ

Konimexlik Gulbonu Quvatova ko‘p yillik mehnat tajribasiga ega bo‘lib, ijtimoiy himoya, psixologiya va jamoatchilik sohalarida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. U 2019–2023-yillarda O‘zbekiston Milliy universitetining amaliy psixologiya yo‘nalishida bakalavr, 2023–2025-yillarda esa shu yo‘nalishda magistr darajasini olgan.

Faoliyati davomida u qator e’tiroflarga sazovor bo‘lgan. Jumladan, 2019-yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti, 2022-yilda “Alisher Navoiy” nomidagi Davlat stipendiyasi bilan taqdirlangan. Shuningdek, Navoiy viloyatidagi “Lider” yoshlar va ayollar markazi rahbari sifatida 10 dan ortiq ijtimoiy loyihani amalga oshirgan.

Xalqaro tajribaga ega mutaxassis sifatida Gruziyaning Tbilisi shahrida o‘tkazilgan “Study tour”, Turkiyaning Istanbul shahrida YeXHT (OSCE) tomonidan tashkil etilgan “Yosh siyosatchi ayollar akademiyasi”ning 30 yilligiga bag‘ishlangan konferensiya hamda Qozog‘istonning Olmota shahridagi “Markaziy Osiyo yoshlar forumi”da ishtirok etgan.

[gallery-28015]

Gulbonu Quvatova respublika miqyosida o‘tkazilgan “Islohotlar bilimdoni” ko‘rik-tanlovida 3-o‘rinni egallagan. Shuningdek, Oliy Majlis Senati tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” tanlovida “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor NNT” nominatsiyasi bo‘yicha 3-o‘rin sovrindori bo‘lgan.

G.  Quvatova ilmiy faoliyat bilan ham faol shug‘ullanib kelmoqda. U 2022-yilda “O‘smirlarga xos suitsidal xulqning psixologik korreksiyasi” nomli uslubiy qo‘llanmani nashr ettirgan. Shuningdek, uning 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari respublika hamda xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan.

2025-yilda Adliya vazirligi tomonidan “Zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlaridan jabr ko‘rgan bolalar va xotin-qizlarga psixologik ko‘mak” nomli raqamli dasturiga guvohnoma berilgan. Shu yili “Scientific Academy” ilmiy-ma’rifiy markazi tomonidan “Vatan iftixori” xalqaro ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Ayni paytda u “Oilaviy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan bolalarda viktimlik xususiyatlarini korreksiya qilish” mavzusida doktorlik tadqiqotini olib bormoqda.

2025–2026-yillar davomida Navoiy viloyati Konimex tumanida parvarishga muhtoj 24 nafar keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslar, 47 nafar zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollar, 24 nafar inklyuziv ta’limga jalb qilingan bolalarning ota-onalari hamda 93 nafar boshqa toifadagi shaxslar bilan psixologik treninglar va individual konsultatsiyalar o‘tkazgan.

Hozirda Gulbonu Quvatova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Konimex tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologlar guruhi bosh mutaxassisi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA