English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama etildi
14:18 / 2026-03-03

FOTOREPORTAJ

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov Surxondaryoda bo‘lib, ijtimoiy soha xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda aholining ehtiyojmand qatlamlari uchun ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish, manzilli yordam ko‘rsatish va uning samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ijtimoiy xodimlar faoliyatida uchrayotgan muammolar, taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

[gallery-27936]

Mansurbek Olloyorov tizim samaradorligini oshirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish ustuvor yo‘nalish ekanini ta’kidladi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA