Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy himoya tizimida yangi imkoniyat
17:35 / 2025-10-20

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgandan buyon aholining ehtiyojmand qatlami zarur sharoit va imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda. Jumladan, ayollar va bolalarning huquqlari bunda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar hamda ularning farzandlariga ko‘rsatiladigan reabilitatsiya xizmatlari bo‘yicha milliy standart ishlab chiqildi.

Yangi hujjatga ko‘ra, jabrlanganlarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va psixologik xizmatlar tartibini belgilash, xizmatlarning sifati, davriyligi va tarkibi bo‘yicha aniq talablarni o‘rnatish, jabrlanganlarni himoya qilish, xavfsizlik, teng imkoniyat va maxfiylik tamoyillariga asoslanib, ish yuritish ko‘zda tutilgan.

Endilikda vaqtincha boshpana, tibbiy va psixologik yordam, huquqiy ko‘mak va hujjatlarni tiklash, ishga joylashish, ta’lim olishda yordam, kasbga o‘rgatish xizmati, bolalar uchun ta’lim va parvarish imkoniyatlari reabilitatsiya markazlari yordami bilan amalga oshiriladi.

Bundan ko‘zlangan maqsad har bir jabrlangan ayol va bola o‘zini xavfsiz, himoyalangan va qo‘llab-quvvatlangan his etishini ta’minlashdan iborat.

Sherbek Islomov, O‘zA