English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy himoya tizimi bilan 250 ta xizmat qamrab olingan bo‘lsa-da, mahalladagi aholi ularning yarmidan ham bexabar
11:41 / 2024-02-20

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Qayd etilganidek, raqamlashtirish hisobiga, o‘rnidan tura olmaydigan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz 2 ming kishiga yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Masalan, Navoiy shahrida yashaydigan nogironligi bor yolg‘iz ayolni 12 yoshli farzandi maktabga chiqmasdan parvarishlab kelayotgan edi.

Unga ijtimoiy ko‘makchi biriktirilib, uyida xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgani sabab, farzandi maktabga chiqib, oilaning ijtimoiy ahvoli yaxshilanmoqda.

Ijtimoiy himoya tizimi bilan 250 ta xizmat qamrab olingan bo‘lsa-da, mahalladagi aholi ularning yarmidan ham bexabar. Masalan, nogironligi bor farzandini parvarishlash nafaqasini olishi mumkin bo‘lgan 33 ming ota-ona ushbu imtiyozdan foydalanmayapti.

O‘zA