Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy himoya sohasida xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda
12:08 / 2026-02-20

Ijtimoiy jihatdan barqaror bo‘lgan jamiyatda inson qadri ham yuksak bo‘ladi. Shu maqsadda mamlakatimizda bu borada zarur amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Ayniqsa, Ijtimoiy himoya milliy agentligi yo‘lga qo‘yayotgan xalqaro hamkorliklar ijtimoiy himoyaga muhtoj yurtdoshlarimiz hayotini yangi bosqichga olib chiqishga zamin hozirlamoqda desak adashmagan bo‘lamiz.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Xalqaro mehnat tashkiloti eksperti O.Aktash ishtirokida ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish, hamkorlikni kengaytirish hamda jamoalar darajasida ijtimoiy xizmatlarni tashkil etishning zamonaviy yondashuvlari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar ekspertlar muloqotini davom ettirish, keyingi qo‘shma qadamlarni ishlab chiqish hamda sohaviy mutaxassislar va amaliyotchi vakillar ishtirokida maslahatlashuvlar o‘tkazish muhimligini ta’kidlab, mavjud mexanizmlarning barqarorligi va samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha ham fikr almashdi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikni mustahkamlash va muntazam ishchi aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan har ikki tomon ham o‘zaro manfaatdor ekani qayd etildi.

Sherbek Islomov, O‘zA