Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy himoya sohasida Ruminiya bilan hamkorlik
16:04 / 2025-09-24

Mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi tobora takomillashmoqda. Buning uchun zarur resurslar yaratilib, aholi manfaati uchun safarbar etilmoqda. Xalqaro munosabatlar kuchayib, islohotlarimiz e’tirof etilmoqda.

Xususan, bugun ham xalqaro munosabatlarda yana bir muhim qadam qo‘yilgan kun bo‘ldi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov Ruminiya davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Daniel Kristian Chobanu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda bolalar huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy sohadagi ko‘plab muhim masalalar muhokama qilindi. Qolaversa, Ruminiyada ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalariga tashrif hamda yuqori darajadagi uchrashuvlar va ikki tomonlama Memorandum imzolash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, 12–14 oktyabr kunlari Buxarestda o‘tkaziladigan Mintaqaviy vazirlar konferensiyasida O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki muhim bosqich sifatida ta’kidlandi.

Elchi O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholab, Ruminiyaga tashrifga ko‘maklashishga tayyorligini bildirgan.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar ijtimoiy sohadagi hamkorlikni kelgusida ham faol davom ettirishga kelishib oldilar.

Tabiiyki, bu kabi uchrashuvlar soha rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, yuksak natijalarga tajriba va mehnat bilangina erishmoq mumkin. Bunday aloqalar esa ulkan tajriba maktabi vazifasini o‘taydi.

Sherbek Islomov, O‘zA