French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy himoya qamrovi kengaymoqda
14:08 / 2026-02-24

Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida davlat ijtimoiy sug‘urta tizimi qamrovini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2026-yilda tizim orqali millionlab fuqarolarni qamrab olish rejalashtirilgan. Bu esa turli toifadagi aholi uchun ijtimoiy kafolatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.  

Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilda davlat ijtimoiy sug‘urta tizimiga byudjet tashkilotlarida ishlovchi qariyb 2,2 million nafar, xususiy sektorda band bo‘lgan 3,6 million nafardan ortiq, yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘zini o‘zi band qilgan hamda norasmiy sektorda faoliyat yurituvchi 7 million nafardan ortiq fuqaro jalb etiladi.

Qayd etilishicha, joriy yil yanvar oyida homiladorlik va tug‘ish nafaqasi bo‘yicha 10,7 mingta kasallik varaqasi kelib tushgan. Shundan 9 mingtasi (84%) bo‘yicha 103,5 milliard so‘m miqdorida nafaqalar tayinlangan. 1,7 mingta (16%) holatda fuqarolar rasmiy band bo‘lmagani yoki sug‘urta staji yetarli emasligi sababli nafaqa tayinlash rad etilgan.  

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimi aholini ijtimoiy himoya qilish, daromadlar barqarorligini ta’minlash hamda ijtimoiy xavf-xatarlarni kamaytirishda muhim o‘rin tutadi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA