Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi
10:45 / 2025-11-13

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, “Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.

Qaror bilan: 

“Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom; 

“Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari tasdiqlandi. 

“Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishoni va uning guvohnamasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 

Ko‘krak nishoni bilan  ijtimoiy sohada fidokorona mehnat qilayotgan, faol va tashabbuskor, kompleks ijtimoiy himoya tizimini joriy qilish va yuritish, nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uning muhtoj qatlamiga ijtimoiy  yordam berish sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan fuqarolar, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari hamda tadbirkorlik sub’ektlari taqdirlanadi. 

Ko‘krak nishoni chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham mazkur Nizom talablari asosida taqdirlanishi mumkin. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agayentligining markaziy apparati bo‘linmalari, tizim tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni har yili 20 aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga taqdim etadi. 

Agentlik direktori tomonidan Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tuziladi. 

Komissiya tarkibiga ijtimoiy sohadagi tashkilotlar vakillari, yetakchi mutaxassislar, sohada faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari vaamoatchilik vakillari kiritiladi. 

Komissiya yig‘ilishida nomzodlarning tegishli hujjatlari o‘rganilib, ushbu Nizomga belgilangan mezonlarga muvofiq baholanadi hamda har yili 10 mayga qadar munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa qabul qilinadi. 

O‘zA