Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy hamkorliklar davom etmoqda
16:02 / 2025-11-04

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev Qatar Ijtimoiy rivojlanish va oila vaziri Busayna bint Ali an-Nuaymi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bunda Qatar va O‘zbekiston o‘rtasida ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar zo‘ravonlikka qarshi kurash, inklyuziv ta’limni rivojlantirish va ijtimoiy mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha tajriba almashishga tayyor ekanliklarini ta’kidlashdi.

–Bizning hamkorligimiz davlat rahbarlari darajasida shakllangan o‘zaro ishonchga asoslanadi. 2023 yil oktyabr oyida imzolangan Anglashuv memorandumi ijtimoiy himoya va himoyaga muhtoj guruhlar manfaatida tizimli va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun muhim asos bo‘ldi, – deydi Usmon Sharifxo‘jayev

Shuningdek, Qatar Ijtimoiy rivojlanish va oila vaziri Busayna bint Ali an-Nuaymi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yuqori baholadi.

–O‘zbekiston Respublikasi bilan munosabatlarimizni yanada rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarni ko‘ryapmiz. Sizning ijtimoiy sohadagi islohotlaringiz e’tiborga loyiq va biz himoyaga muhtoj aholiga ko‘mak berish hamda ijtimoiy himoya yo‘nalishlarida tajriba almashish borasida birgalikda tashabbuslar ishlab chiqishga tayyormiz, – deya ta’kidladi.

Muzokaralar yakunida 2026–2028 yillar uchun Qo‘shma harakatlar rejasi ishlab chiqilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Reja zo‘ravonlikka qarshi kurashda idoralararo hamkorlik, nogironligi bo‘lgan shaxslar ta’limida inklyuziyani rivojlantirish va ijtimoiy xodimlar hamda psixologlar malakasini oshirishni o‘z ichiga oladi.  

Ushbu hujjat 2023 yil oktyabr oyida imzolangan Anglashuv memorandumining amaliy davomiga aylanadi.

Shuningdek, Xonim Busayna bint Ali an-Nuaymi O‘zbekistonning sammit doirasida tashkil etilgan ko‘rgazma stendi bilan yaqindan tanishib chiqib, olib borilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi.

Sherbek Islomov,

O‘zA