Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Ijtimoiy fikr» markazi bayram arafasida jamoatchilik fikrini o‘rgandi
10:52 / 2025-09-02

1 sentyabr – har bir o‘zbekistonlik uchun o‘tmishdan faxrlanish, kelajakka ishonch va Vatanga mehr-muhabbat tuyg‘usi jo‘sh urgan kun. Bu yilgi bayram mamlakatning yangilanish va oldinga ishonchli harakati davrini aks ettiruvchi "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" degan hayotbaxsh shior ostida o‘tkazilmoqda.

Bayram arafasida «Ijtimoiy fikr» RJFO‘M sotsiologik so‘rov o‘tkazdi, so‘rov Mustaqillik kuni fuqarolar tomonidan milliy birlik va kelajakka ishonch ramzi sifatida qabul qilinishini ko‘rsatdi.

Aholining mutlaq ko‘pchiligi bayramni o‘zgacha tuyg‘u bilan kutib oladi, chunki 97% fuqarolar mamlakat uchun faxrlanish tuyg‘usini his qiladi; 87,6% so‘ralganlar bayramona, quvnoq kayfiyatni ta’kidlashdi; 84,7% so‘rov ishtirokchilari bu kunni xalqning yakdilligi bilan bog‘laydi; 95,5% aholi  O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ekanligidan faxrlanadi.

Mustaqillik nafaqat tarixiy voqeaga, balki yangi imkoniyatlar manbaiga aylandi. 79,1% fuqarolarning qayd etishicha, so‘nggi yillarda ularning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish va hayotiy maqsadlarga erishish imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi.

Jamoatchilik ongida mamlakat kelajagining ilhomlantiruvchi qiyofasi ham mustahkamlandi. Qariyb barcha respondentlar O‘zbekistonni kuchli va farovon (97,8%), tinch va mustahkam (88,9%), ma’naviy boy va madaniyatli (85,3%), zamonaviy va innovatsion (81,9%) davlat sifatida ko‘rishadi.

O‘tkazilgan tadqiqot Mustaqillik kuni xalq uchun milliy g‘urur ramzi, ko‘tarinkilik va mamlakatning porloq kelajagiga  ishonch manbai bo‘lganini yaqqol tasdiqlaydi.

O‘zA