Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy-diniy vaziyat barqarorligiga bag‘ishlandi
19:13 / 2023-05-04

Jizzax viloyati musiqali drama teatrida Respublika ishchi guruhi tomonidan “Viloyatda ijtimoiy-diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish, radikal qarashlarga ta’sirchan choralarni ko‘rish” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Respublika ishchi guruhi a’zolari, viloyat huquq-tartibot idoralari, mutasaddi tashkilot, muassasalar rahbar va xodimlari, otinoyilar, o‘quvchi, talaba-yoshlar, jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.  

Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakili Ilhom Ma’rupovning “Viloyatda ijtimoiy-diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish, radikal qarashlarga ta’sirchan choralarni ko‘rish” mavzusidagi ma’ruzasini zo‘r qiziqish va e’tibor bilan tingladi.  

bugungi kunda ham viloyatda ijtimoiy-diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularni turli mafkuraviy xurujlar ta’siridan asrash va radikal qarashlarga ta’sirchan choralarni ko‘rish bo‘yicha samarali ishlar olib borilayotgani alohida ta’kidlandi.  

Ushbu yo‘nalishdagi tadbirlarni amalga oshirishda davlat boshqaruvi idoralari, huquq-tartibot organlari va jamoat tashkilotlari xodimlari bilan bir qatorda imom xatiblar va otinoyilar ham salmoqli hissa qo‘shib kelayotgani aytildi.  

Shuningdek, milliy qadriyat va urf-odatlarimizga sodiqlik, avvalo ona Vatanga muhabbat, yurt tinchligi, mamlakatimizda inson manfaati uchun olib borilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, diniy bag‘rikenglik va yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolish oqibatlari hamda shukronalik tuyg‘ulari haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.  

A.QAYUMOV, J.YORBEKOV (surat), O‘zA