Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy barqarorlikning falsafiy mohiyati va uni ta’minlashda yoshlar huquqiy madaniyatining ahamiyati
09:28 / 2026-01-21

Abror Jamolovich IDIBOYEV mustaqil izlanuvchi Samarqand davlat chet tillar instituti Samarqand, O‘zbekiston e-mail: idiboevabror@ gmail.com

PDF shaklida yuklab olish

Annotatsiya

Maqolada ijtimoiylashuvning faol bosqichida bo‘lgan, ya’ni hayotga qadam qo‘ygan yoshlarning huquqiy madaniyatini tahlil qilishning uslubiy va amaliy sotsiologik-huquqiy masalalari yoritilgan. Yoshlar huquqiy madaniyatining holati ularning yashash muhiti omillari va sharoitlarining yig‘indisiga bog‘liqligi hamda huquqiy madaniyatning eng kuchli bog‘liqligi yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy tafakkuriga birinchi navbatda ta’sir etuvchi ijtimoiy, ijtimoiy-madaniy va ijtimoiy-siyosiy omillarga bog‘liqligi ko‘rsatilgan. O‘z navbatida, yoshlar huquqiy madaniyatini yuksaltirish mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatiga katta ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilingan.

Tayanch so‘zlar: huquqiy madaniyat, ijtimoiy foydali xulq, huquqiy nigilizm, huquqiy infantilizm, ijtimoiy start, ijtimoiy tavakkalchilik, yoshlar maksimalizmi, deviant xulq-atvor, deviant submadaniyat.